
MYu klub rekordini takrorladi
"Manchester Yunayted" Angliya Premer-ligasi 29-turida "Kristal Pelas" bilan bellashadi va golsiz durangga imzo chekdi.
Bu Ule-Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoa uchun joriy mavsumdagi oltinchi mana shunday durang bo‘ldi. Shuningdek, klub so‘nggi besh o‘yinda to‘rt marotaba murosa ko‘chasini tanladi.
Opta portali ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" ushbu natija bo‘yicha o‘z rekordlarini takrorladi. 2004/05 va 2016/17 mavsumda ham MYu oltita golsiz durang qayd etgan.
Fikrlar