MYu muxlislari uchun xushxabar

  • 2 mart, 2021, 16:41
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yaqin vaqtlar ichida klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

The Athletic nashri o‘zining xabarida frantsiyalik MYuda qolishga qaror qilgani va rahbariyat bilan muzokaralarga ochiqligi haqida ta’kidlagan.

Oldinroq, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning o‘zi ham 27 yoshli futbolchini jamoada olib qolmoqchiligi haqida aytib o‘tgan edi.

Pogbaning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi. Joriy mavsumda futbolchi 28 ta o‘yinda 4 gol va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!