MYu qishda Rakitichni sotib olmoqchi

  • 13.10.2019 20:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi qishki transferlar davrida "Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichni sotib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. “Barselona” esa uni 34 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Ta’kidlash kerakki, Rakitichga shuningdek "Inter" va "Yuventus" klublaridan ham qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum 6 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!