MYu "RB Leyptsig" darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Reshforddan xet-trik (video)
UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “RB Leyptsig”ni qabul qildi.
Mankunianliklar shu kuni raqibini ayab o‘tirmadi va ularning darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. O‘yindagi gollarni Meyson Grinvud (21'), Markus Reshford (74', 78', 90') va Antoni Marsyal (87') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar