
MYu “Real” yulduziga katta maosh va’da qildi
EL Nacional nashri “Manchester Yunayted” joriy mavsumda “Real” safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelayotgan Vinisius Juniorga xaridor bo‘layotgani haqida axborot tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar braziliyalik hujumkor futbolchini o‘z safiga qo‘shilishga ko‘ndira olishiga jiddiy ishonch bildirmoqda.
Angliyaliklar Vinisius Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi uchunga unga yiliga 16 million evro taklif qilmoqchi. Aynan yuqori maosh yosh futbolchini Madridni tark etishga ko‘ndirishi mumkin. Chunki, madridliklar moliyaviy inqiroz davom etayotgan pallada bir futbolchiga katta maosh to‘lay olmaydi.
Vinisiusning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan va uning transferi 50 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar