MYu "Real"da porlayotgan futbolchini sotib olmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverdening transferi borasida muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda, Sunday Mirror nashri xabar berdi.

Urugvaylik futbolchining shartnomasida uning tovon puli 500 mln evro qilib belgilangan, ammo jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan 21 yoshli futbolchini so‘nggi paytlarda asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘mrayapti. Shuning uchun "qizil-iblislar" rahbariyati futbolchining narxini real darajaga tushirilishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Valverde La Liganing joriy mavsumida 22 ta bahs o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!