“MYu”: Reshford va Marsyal hech kimga berilmaydi

“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati jamoaning yosh va iqtidorli forvardlarini qo‘yib yubormaslikka qaror qildi.

ESPNning ma’lum qilishicha, “qizil iblislar” Markus Reshford va Antoni Marsyallarni “Old Trafford”dan ijara asosida boshqa jamoaga ketishi mumkinligi borasidagi gap-so‘zlarga nuqta qo‘ygan holda, ularni hech qaerga qo‘yib yubormasliklarini bildirishdi. Aytish kerakki, avvalroq yuqorida nomlari tilga olingan futbolchilarning asosiy haridori sifatida “Vest Xem” klubi aytilayotgan edi.

Bundan tashqari jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyu ham Markus va Antonilar bilan yana uzoq yil bira ishlash niyati borligini bildirib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!