MYu Ronalduga aloqaga chiqdi. Bu transferni kim hal qiladi?

  • 11 noyabr, 2020, 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” rahbariyati bir paytlar jamoada porlagan Krishtianu Ronalduni yana ortga qaytarishga qaror qildi.

Avvalroq, “Yuventus” moliyaviy sharoitini o‘nglash maqsadida kelasi yili yozda Krishtianu Ronalduni transferga qo‘yishi haqida xabar chiqa boshlaganidan keyin portugaliyalik hujumchiga grand klublardan takliflar bo‘lmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Manchester klubi mutasaddilari Krishtianu bilan bog‘lanib, uni jamoaga qaytishga chaqirgan. Ronalduning o‘zi bu taklifni puxta o‘rganib chiqish uchun vaqt so‘ragan. “Yuventus”  rahbarlari portugaliyalik yulduz ketish haqida bir qarorga kelsa, inglizlarning shartnomasini qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Krishtianu Ronaldu 2003-2009 yillarda “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. U ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida Angliya premer-ligasida 196 ta uchrashuvda 84 ta gol urgan.

Ronalduning “Yuve”dagi o‘rnini Neymar egallaydimi?

Ronaldu muxlislari uchun muhim xabar

Ronalduga yangi jamoa topildimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!