MYu va "Arsenal" bir futbolchi uchun kurash boshladi

  • 27 aprel, 2021, 23:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lill" hujumchisi Jonatan Devid mavsumlar oralig‘ida Angliya premer-ligasi klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 21 yoshli kanadalik futbolchi uchun APLning ikki grandi - "Manchester Yunayted" va "Arsenal" kurash olib bormoqda.

"Lill" Devidni 2020 yilning avgustida "Gent"dan 27 million evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum “Lill” safida 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Transfermarkt portali Jonatanning transferini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!