MYu va "Chelsi" "Barsa" futbolchisiga ko‘z tikmoqda
Angliyaning ikki grand klubi "Manchester Yunayted" hamda "Chelsi" jamoalari "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. APL vakillari urugvaylikni narigi yilda tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtiryapti.
Ayni damda "qizil iblislar" ham, "aristokratlar" ham markaziy himoyachining harakatlarini kuzatib bormoqda. Biroq "Blaugranas" Arauxoni sotish niyatida emas.
Futbolchi "Transfermarkt" portalida 35 million evroga baholangan.
Ronald Arauxo ushbu mavsum La Ligada 15 ta bahsda ishtirok etdi va o‘z nomiga 2 gol yozib qo‘ydi.

Fikrlar