MYu va "Chelsi" turkiyalik yosh iqtidor uchun kurashadi

  • 14 aprel, 19:14
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Angliyaning "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari turkiyalik hujumchi Kenan Yildizni o‘z saflariga qo‘shib olishga katta qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar bermoqda.

Kelajagi "Liverpul" bilan ham bog‘langan futbolchi kelgusi yozda boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bir yil avval "Chelsi" ushbu o‘yinchini sotib olishni rejalashtirgan edi, biroq "Yuventus" bu taklifni rad etgan.

"Transfermarkt" portali Yildizning qiymatini 45 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda Yildiz barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Bundan tashqari, yosh hujumchi Turkiya milliy terma jamoasi o‘yinlariga ham faol jalb qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!