MYu va "Inter" 17 yoshli hujumchi uchun kurash boshladi
AQShning “Kanzas-Siti” klubi forvardi Janluka Busio faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin. Bu haqda ESPN nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 17 yoshli futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Inter” klublaridan qiziqishlar mavjud. Bundan tashqari “Fiorentina” ham uni qo‘lga kiritishga bir necha bor urunib ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Busio o‘tgan mavsum MLSda jami 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar