"MYu va uning muxlislarini yaxshi ko‘raman" - Ronaldu jamoani tark etgani haqida gapirdi

  • 23 noyabr, 2022, 06:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan amaldagi shartnoma bekor qilinganini ma’lum qildi.

Portugaliyalik hujumchi bunga munosabat bildirdi. "MYu bilan muzokaralardan so‘ng bitimni bekor qilishga kelishib oldik.

Men "Manchester Yunayted" va klub muxlislarini yaxshi ko‘raman - bu hech qachon o‘zgarmaydi. Shu bilan birga, men yangi chaqiruvlarni qabul qilish vaqti kelganini his qilyapman.

Jamoaga mavsumning qolgan qismi va kelajakdagi bahslarda muvaffaqiyat tilayman",-deya 37 yoshli futbolchi so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Mett Lou.

Avvalroq, Ronaldu shov-shuvli intervyu berib, suhbatda MYu rahbariyati manzili tomon ancha keskin gaplarni aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!