MYu voz kechgan himoyachini "Bavariya" qo‘lga kiritmoqchi

  • 14 dekabr, 2020, 23:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekano yozgi transfer oynasida "qizil oqlar" tarkibini tark etishi mumkin.

Athletic nashrining xabariga ko‘ra, "Bavariya" 22 yoshli frantsiyalik futbolchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi. Oldinroq, himoyachiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan edi, biroq inglizlar futbolchining transferiga ortiq qiziqish bildirmoqchi emas.

Ëzda nemis klubi tarkibini Jerom Boateng va David Alaba tark etishi sabab, "Bavariya" Upamekoni qo‘lga kiritish uchun bor kuchini ishga solishi mumkin.

Himoyachining "Leyptsig" bilan tovon puli 42 million evroni tashkil qiladi va u mavsum so‘nggigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi Bundesligada 10 ta o‘yinda 1 ta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!