
MYu yosh futbolchi uchun kurashga qo‘shildi. Unga "Real" va "Barsa" ham haridor
"Manchester Yunayted" "Marsel" futbolchisi Bubakar Kamarani sotib olmoqchi. Jamoa 22 yoshli yarim himoyachi uchun "Barsa" va "Real" kabi grandlar bilan raqobatlashishga tayyor.
Klub frantsiyalik iqtidorni o‘z tizimiga to‘liq mos tushadi, deb hisoblamoqda. Shuningdek, uning o‘yin uslubi ham "qizil iblislar" uchun to‘g‘ri keladi.
Statistikaga ko‘ra, Bubakar Kamara joriy mavsum Liga 1da 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 gol muallifiga aylangan.
"Transfermarkt" portalida futbolchining bahosi 25 million evro etib belgilangan.
Fikrlar