MYu yulduzi "Barselona"ga o‘tishni istamoqda

  • 02.12.2021 18:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda "The Times" nashri xabar berdi. 

Urugvaylik futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi. U yozda "ko‘k-anorranglilar" safiga o‘tishni istayapti. 

34 yoshli hujumchi yana ikki mavsumni yuqori darajada o‘tkazishiga ishonmoqda. Ma’lumot uchun, Kavani bu mavsum APL doirasida 5 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!