MYu yulduzi bu mavsum maydonga tusha olmasligi mumkin

  • 09.11.2021 17:19
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar bermoqda. 

28 yoshli pleymeyker mashg‘ulotlar paytida sonidan jarohat oldi va terma jamoa bazasini tark etdi. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, frantsuz 8-10 hafta muddat maydonga tusha olmasligi mumkin. Shuningdek, u uchun bu mavsum yakunlangani borasida ham taxminlar bor. 

Ma’lumot uchun, Pogba MYu safida joriy mavsum 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 7 ta assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!