MYu yulduzi ortga qaytadi

  • 25 yanvar, 2021, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Xuan Mata sobiq jamoasi “Valensiya”ga o‘tib ketishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik pleymeykerning Sulsher jamoasi bilan shartnomasi yozda yakunlanadi. Klub 32 yoshli futbolchiga yangi bitim taklif qilmaydi.

“Vakensiya” tajribali yarim himoyachini o‘z safiga qaytarmoqchi. Mata 2007-2011 yillari valensiyaliklar sharafini muvaffaqiyatli himoya qilganidan so‘ng, “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgandi.

Joriy mavsumda Xuan Mata APLda oltita uchrashuvda ikkita golli pas berdi. Angliya ligasi kubogida esa, yarim himoyachi ikkita o‘yinda bir juft gol va bitta samarali uzatma muallifi bo‘ldi.

O‘z davrida Ispaniya terma jamoasi safida jahon va Evropa chempionligini qo‘lga kiritgan Mataning ayni paytdagi transfer narxi 7,5 million evroga baholanmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!