
MYuda Pogbaga joy yo‘q!
“Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba mavsum yakunlanishi bilan sotib yuboriladi. 27 yoshli yarim himoyachining mashg‘ulotlardagi harakati va maydondagi o‘yini bosh murabbiy Sulsherni umuman qoniqtirmayapti.
Jamoadagi etakchilik vazifasi o‘zini har tomonlama ko‘rsatayotgan Brunu Fernandeshga yuklanadi. Pogbani zaxirada olib o‘tirish klubga juda qimmatga tushmoqda.
Mavsum boshida Sulsher Pogba o‘zini o‘nglab olishiga ishonib, uning yozda yakunlanadigan shartnomasi avtomatik tarzda yana bir yilga uzaytirilishini aytgandi. Biroq, frantsiyalik futbolchi o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti.
Fikrlar