MYuda yangi yulduz paydo bo‘ldi

  • 6 fevral, 2021, 10:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” rahbariyati 17 yoshli yarim himoyachi Shola Shoretireni o‘z tarkibida saqlab qolish uchun uni faoliyatidagi ilk professional shartnomani imzolashga ko‘ndirishga harakat qilmoqda.

Manchesterliklarning bu qarorga kelishiga nigeriyalik vunderkindga xaridorlar ko‘payib ketgani sabab bo‘ldi. Ayni paytda Shoretireni PSJ, “Barselona”, “Bavariya” va “Yuventus” o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Bu futbolchi premer-liganing o‘rinbosarlar jamoalari o‘rtasidagi musobaqasida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol urdi va ikki marta jamoadoshlariga golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!