MYuga qarshi bahsdan so‘ng Neymar va uning otasi stadiondan"Barselona" rahbarlari bilan bir mashinada chiqib ketdi

  • 27 iyul, 2017, 14:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun erta tongda AQSh yashil maydonlarida Kataloniyaning “Barselona” klubi Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasida Angliyaning “Manchester Yunayted” (1:0) klubiga qarshi o‘zaro maydonga tushdi. Uchrashuvdagi yagona golga kataloniyaliklarning braziliyalik hujumchisi Neymar mualliflik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu bahs yakunlanganidan so‘ng Neymar hamda uning otasi stadionni “ko‘k-anor ranglilar” direktori Raul Sanllexi va klub sport direktori direktor Roberto Fernandeslar bilan birga bir mashinada tark etishgan. Bu haqda beIN Sport ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda “Barselona” rahbariyati futbolchi va uning otasi bilan jamoada qolish borasida navbatdagi muzokaralarni olib borishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!