MYuga Ronalduning o‘zi emas, nomi kerak!
Daily Star nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted” rahbariyati Krishtianu Ronalduni yo‘qotishdan xavotirga tushgan. Portugaliyalik yulduz agar jamoa mavsum oxirida Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, yozda klubni tark etishini bildirgan. Uning agenti ham futbolchining rejasini klub xo‘jayinlariga etkazdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “ManchesterYunayted” yozda AQSh bo‘ylab turne o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu safar moliyaviy jihatdan foydali bo‘lishi uchun Krishtianu Ronalduning jamoa safida bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Chunki er kurrasida eng mashhur hisoblangan portugaliyalik futbolchining butun dunyoda bo‘lgani kabi AQShda ham millionlab muxlislari bor.
Bundan kelib chiqadiki, Manchester klubi xo‘jayinlariga Ronalduning mahoratidan ko‘ra, uning nomi ko‘proq manfaat keltiradi.
Fikrlar