MYuning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" safida oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi.
Mankunialik muxlislarning 57 foizi aynan 36 yoshli forvardga ovoz bergan. Shuningdek, darvozabon David De Xea va hujumchi Markuch Reshford mos ravishda ikkinchi va uchinchi pog‘onani band etdi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu bu mavsum jami 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar