MYuning navbatdagi transferi qaysi futbolchi bo‘lishi ma’lum

  • 11 iyul, 2022, 11:27
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi yozgi transferlar oynasidagi ikkinchi xaridini amalga oshirish arafasida. Bu haqda  "Manchester Evening News" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" "Brentford"dan Kristian Eriksenni sotib oladi. Futbolchi ham bu taklifga rozilik bildirgani aytilmoqda. 

Daniyalik yulduz shu hafta oxiriga qadar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi. So‘ng uning transferi rasman e’lon qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, Eriksen o‘tgan mavsum APLning 11 bahsida bitta gol va 4 ta assist muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!