MЮning sobiq futbolchisi Husanovning "Liverpul"ga qarshi oʻyinini eʼtirof etdi

  • 06.04.2026 01:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Garri Nevill Abduqodir Husanovning “Liverpul”ga qarshi oʻyinini yuqori baholadi.

“Men hech qachon “Liverpul” pressingiga bunchalik xotirjam munosabatda boʻlgan yosh markaziy himoyachini koʻrmaganman. Husanov ularni toʻliq nazorat qildi va buni hatto kulgan holda amalga oshirdi. Bu yigit boshqacha", — dedi Nevill.

Maʼlumot uchun, “Manchester Siti” Angliya kubogining chorak finalida mersisaydliklarni 4:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu bahsda Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!