
MYuning yangi murabbiyiga transfer uchun pul ajratiladi
“Manchester Yunayted”ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi jamoani mavsum oxirigacha boshqarishga rozilik bergan Ralf Rangnikka qishki transferlar vaqtida yangi o‘yinchilarni olishi uchun mablaq beradigan bo‘ldi.
Ma’lumki, Rangnik mavsum yakunlanganidan keyin ham klubni tark etmaydi. U maslahatchi lavozimiga o‘tib, klub strategiyasini rivojlantirish bo‘yicha ish olib boradi.
Yozda “Manchester Yunayted” 120 million evro xarajat qilib, o‘z safiga Krishtianu Ronaldu, Rafael Varan, Jeydon Sanchoni qo‘shib olgandi. Shunga qaramay, avvalgi murabbiy Ule-Gunnar Sulsher jangovar tarkibni shakllantira olmadi.
Ralf Rangnik qishki transferlar vaqtida markaziy yarim himoyachi ava qanot himoyachisini sotib olishi kutilmoqda.
Fikrlar