Nadal "Real" - "Siti" bahsini ko‘rish uchun o‘z o‘yinini boshqa vaqtga qo‘yishni so‘radi

CHERY AUTO

Mashhur tennis ustasi Rafael Nadal bugungi chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Manchester Siti" bahsini o‘tkazib yubormaslikni xohlayapti. Buning uchun u hatto, o‘z o‘yinini boshqa vaqtda o‘tkazishni so‘ragan.

Dunyoning 4-raqamli raketkasi Madriddagi "Masters" turniridagi bellashuvni chempionlar ligasi bilan bir vaqtda o‘tkazilmasligini yoki bugun bekor qilinishini so‘ragan. Sababi, u "Real" klubining ashaddiy muxlisi hisoblanadi va "qirollik klubi"ni muhim uchrashuvda qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

Tennischi bu borada Madridda o‘tadigan turnir direktori Felisiano Lopesga murojaat qilib, bellashuvni chempionlar ligasi bilan parallel vaqtga qo‘ymaslikni iltimos qilgan. Uning turnirdagi raqibi Miomir Kesmanovich bo‘ladi. 

"Marca" nashrining xabar berishicha, Nadalning murojaati qabul qilingan va u bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da Miomirga qarshi kortga chiqishi rejalashtirilgandi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!