Nagelsman muhim futbolchining jarohati haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman himoyachi Niko Shlotterbek olgan jarohati haqida ma’lumot berdi. Futbolchi 2026 yildgi Jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Kot-d’Ivuarga qarshi o‘yin (2:1) paytida jarohat olgan.
Tanaffusda Shlotterbek o‘rniga maydonga Antonio Ryudiger tushirildi.
«Himoyachi Niko Shlotterbekda bog‘lamlar jarohat olgan, degan shubha bor. Hozircha vaziyat juda noxush ko‘rinyapti», — deya ta’kidladi Nagelsman.
E guruhida ikki turdan so‘ng jamoalarning joylashuvi quyidagicha: 1. Germaniya – 6 ochko; 2. Kot-d’Ivuar – 3; 3. Ekvador – 1; 4. Kyurasao – 1 ochko.
Jahon chempionati 2026 yildgi guruh bosqichi uchinchi turida Germaniya terma jamoasi Ekvador milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv AQShning Ist-Raterford shahrida joylashgan «Metlayf Stedium» arenasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv 25 iyun kuni o‘tkazilib, Moskva vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Fikrlar