Nahotki! "Bunyodkor" tarkibiga yaponiyalik futbolchi kelib qo‘shilishi kutilmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsum uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishni boshlab yuborgan. Jamoa transferlar bozorida ham ancha faollik ko‘rsatishi kutilmoqda.

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lumot berishicha, "qaldirg‘ochlar" tarkibiga yaponiyalik Takuya Matsunaga kelib qo‘shilishi mumkin.

Markaziy yarim himoyachi o‘tgan mavsumni Qirg‘izistonning "Dordoy" klubida o‘tkazgan. Uning transfer qiymati 100 ming evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
12/12/2022 18:06
Япониянинг ўзидан олиб келингларда