Namangan viloyati hokimi murabbiy almashtirishda xatoga yo‘l qo‘yilganini aytib, Kanchelskisni ommaga tanishtirdi

  • 28 avgust, 2019, 18:57
  • Bekzod Isayev
  • 10
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda “Navbahor”ning yangi murabbiyini tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozarov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Shavkat Abdurazzoqov, shuningdek, “Navbahor” fan-klubi a’zolari, muxlislar ishtirok etishdi.

Tecno

Xayrullo Bozarov so‘zga chiqib, viloyatda futbolni sevishlari, "Navbahor"ning muxlislari sodiq ekanliklarini ta’kidlab, ularga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

 

Bundan tashqari, viloyat hokimi o‘z so‘zida "Navbahor"ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsadlar qo‘yilganligi, ammo jamoada murabbiyni almashtirishda xatoliklar bo‘lganligi, endi bu xatolarni takrorlamasdan faqat oldinga qarab intilish lozimligini aytib o‘tdi. Andrey Kanchelskisga muxlislar mehri kuchli ekanligi, buni jamoaning ko‘plab muxlislari uni kutib olish uchun aeroportga chiqishgani, uning atrofida ko‘plab muxlislari borligini ta’kidlab, uni barcha ishqibozlar hurmat qilishlarini aytdi.

5111556982963

Bundan tashqari, hokim "Navbahor"ga oid ishlarni tezda hal etish lozimligini ta’kidladi. Serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjevichning "Navbahor"da omadi kelmaganligini ham ta’kidlab, Andrey Kanchelskisga "Xush kelibsiz" deya qutladi. Tomonlar 3 yillik shartnoma imzolashlarini aytildi.

Andrey Kanchelskis o‘z so‘zida muxlislarga minnatdorchilik bildirib, bo‘lajak o‘yinlarda ularning ishonchlarini oqlashga harkat qilishini bildirdi.

kanchelskis%20sports_1

Shuningdek, klub rahbariyatida ham o‘zgarish yuz berib, Oybek Safarov klub vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Нодирбек Ахмедов
28/08/2019 19:13
Наманганлик мухлисларни кувончига шерикман. Майли бу йил натижа килолмасин лекин кейинги йилларда албатта гранд клубларимиз сафига кушиши тарафдориман. Бетараф мухлис
&
Hasan fanat pahtakor
28/08/2019 19:29
Man ham omad tilayman pahtakorga raqobatchi paydo boʻlibdi yana
&
Фан
28/08/2019 22:49
Навбахор клуби ва мухлисларига узларини самимий тилакларини билдирган барча холис соф виждонли мухлисларга купмингсонли Навбахор мухлислари номидан катта РАХМАТ.
Оила аьзоларинг билан доимо тинч булинглар. Хонодонларингда доимо туй булсин.
&
AzizGazieff-Marco Simic 55 PFK Pakhtakor Tashkent Uzbekistan GoLions
28/08/2019 21:13
Молодцы!
Рақобат булса лигамиз кучаяди.
Насаф рақобатбардош жамоа булиб шакилланган эди синдиришти,энди Навбахор йулини топиб бораётганда хокимнинг тушунарсиз қарорига хайрон булиб тургандим...
Бизагаям Локо ёки Бунёдкор билан сифатсиз рақобат умуман қизиқ эмас,Нефтчи,Насаф ёки Навбахор тенгга-тенг талашиб турса унда қизиқроқ буларди.
Навбахорга омад(Пахтакор билан уйинлардан ташқари)
&
Дилмурод
28/08/2019 21:27
Барча Наманганлик мухлисларни тугри танлом булгани билан табриклайман.Юртимиз футболига Навбохорнинг фойдаси тегишига ишонаман...Сурхон мухлиси.
&
Lochin79
29/08/2019 14:41
Barcha kulublar muhlislarini chin qalbdan aytgan ishorlari uchun rahmat.barchaga omad.muhlislik shunday buladi.bir birini sukish emas.hurmat qilishdir.futbol bu--madaniy dam olish sport turi
&
JASUR3838
29/08/2019 07:00
Kanchilski yana yutqazib quysa Jorjivichni qaytarib olib kilmasa yahshi edi bu jamoa manimch Kanchilski uzi boshidan tug'ri tanlov edi.
&
Akbar Ali
28/08/2019 21:26
Bugungi tanishtiruv marosimga 2500 ga yaqin muhlis keldi. Buncha muhlis oliy ligada ham kirmaydigan oyinlar bor. Olga Navbahor
Рахматулла Турсунов
28/08/2019 20:38
Олга Навбахор
&
Emiliano Sala
28/08/2019 20:01
Hudoga shukur navbahor muhlislarini tabriklayman. Futbol yana jonlanadigan bo'ldi. Bu yil hudo hohlasa 3 o'rin bizlarga. Yana bir bor barcha muxlislar nomidan hush kelibsiz KANCHELISKIS
Anatoly Darmon
29/08/2019 10:06
Men, o'g'illarim va nevaralarim bilan Namangonning Navbahor futbol klubi ishqibozlarimiz.Biz jamoaning har bir o'yinini internet orqali kuzatib turamiz.Nevaralarim Avstraliyaning Melbourne shahrida U15 va U18 guruhlarida to'p surishadi.Ularning orzulari - kelajakda, Navbahor klubida o'ynash! Biz Siz qadrli Navbahor ishqibozlariga yaxshi kayfiyatlar va sevimli klubimiz o'yinchilariga kelasi 19- o'yinda Paxtakor ustidan g'alaba qozonishiga omadlar tilaymiz. Dear Mr A.Kanchelskis We wish you BE HEALTHY & WEALTHY. WE congratulate you with returning to Navbahor again! We hope you'll do your best for FK Navbahor.
&
29/08/2019 12:18
Узок Австралияда хам Навбахор жамоасини куллаб турувчи ашаддий мухлислари борлигини эшитиш накадар ёкимли.
Омад Навбахорга.