"Napoli" - "Inter" o‘yini ham boshqa kunga qoldirildimi?
Italiya kubogining yarim final javob bahsidan o‘rin olgan "Napoli" - "Inter" uchrashuvi koronavirus sabab qoldirildi. Bu haqda Italiya nashrlari xabar tarqatmoqda.
La Gazzetta dello Sport va La Repubblica nashrlarining yozishicha bu borada rasmiy xabar tez orada e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq yarim finaldan o‘rin olgan "Yuventus" - "Milan" uchrashuvi ham noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Ma’lumot uchun, "Napoli" - "Inter" bahsi 5 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Fikrlar