
"Napoli" "Barselona" tarbiyalanuvchisini xarid qilmoqchi
"Napoli" jamoasi hozirda "Uotford" tarkibida to‘p tepayotgan Jerar Deulofeuni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi "Uotford" Chempionshipga tushib ketganidan norozi va boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamoqda. O‘z navbatida, neapolliklar ham 26 yoshli vinger xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Shuningdek, "Milan" klubi ham Deulofeuga xaridor.
Ispaniya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsum "Uotford" tarkibida APLda 31 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol kiritishga erishdi. U "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Fikrlar