"Napoli": Bu feyk
"Napoli" klubi "Xetafe"da to‘p surayotgan “Barselona”ning sobiq futbolchisi Marko Kukurelyani sotib olmoqchiligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
Aytish kerakki, bundan avvalroq ispan klubi prezidenti Anxel Torres Markoning transferi bo‘yicha neapolliklar prezidenti Aurelio de Laurentisdan ko‘plab qo‘ng‘iroq bo‘layotgani haqida gapirib o‘tgan edi.
“Bu yolg‘on, feyk. De Laurentis hatto “Xetafe” prezidenti kimligini ham bilmaydi. U hech qachon bu futbolchi masalasida klub xodimlari bilan gaplashmagan”, - deb yoziladi “Napoli” bayonotida.
Fikrlar