
"Napoli" etakchilaridan biri "Liverpul"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
"Napoli" klubi forvardi Lorentso Insine EChLning guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Liverpul"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Karlo Anchelotti neapolliklarning “Enfild”da bo‘ladigan o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi.
"Napoli": Meret, Karnezis, Ospina, Di Lorentso, Kulibali, Mariu Ruy, Luperto, Manolas, Maksimovich, Xisay, Allan, Elmas, Fabian Ruis, Gaetano, Zelinski, Lorente, Kalexon, Mertens, Yunes, Losano.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Napoli" uchrashuvi 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar