
"Napoli" o‘z maydonida "Fiorentina" darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi (video)
Italiya A Seriyasining 18-turida “Napoli” o‘z maydonida “Fiorentina”ni qabul qildi.
Neapoldagi o‘yinda mezbonlar florentsiyaliklarga hech qanday imkon qoldirmadi va 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni “Napoli” safida Lorentso Insine (5', 72'), Diego Demme (36'), Irving Losano (38'), Petr Zelinskiy (45') va Matteo Politano (89') o‘z safiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar