“Napoli” pulni ayamaydi

  • 03.07.2020 10:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Napoli” tarkibini kuchaytirish uchun “Roma”ning turkiyalik yarim himoyachisi Jengiz Under uchun 31 million evro taklif qildi.

Rimliklar 22 yoshli legionerni yozgi transferlar vaqtida sotishni niyat qilgan. Lekin ularni neapolliklar taklif qilgan pul qoniqtirmadi.

“Roma” joriy mavsumda 16 ta uchrashuvda 3 ta gol urgan Underni 35 million evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!