“napoli” va “inter” isko uchun kurashga qo‘shildi

“Napoli” va “Inter” klublari Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Iskoni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda, deya xabar bermoqda Corriere della Sera nashri.

Manbada yozilishicha, italyan klublari futbolchini yozgi transferlar mavsumida tarkibga qo‘shib olishmoqchi. “Napoli” ustozi Karlo Anchelotti u bilan “Real”da birga ishlagan. “Inter” esa Iskoni hujumchi Mauro Ikardini almashtirishi mumkin.

26 yoshli Isko “Real”ga 2013 yil yozda “Malaga”dan o‘tgan. O‘shanda transfer narxi 30 mln evroni tashkil qilgan. Uning klub bilan tuzgan amaldagi kelishuvi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!