"Nasaf" birinchi, "Neftchi" va "Paxtakor" ikkinchi...

  • 4 oktabr, 2022, 20:02
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan bahsda "Neftchi" poytaxtda "Lokomotiv"ni mag‘lub etdi, 3:1.

Tecno

Shu tariqa farg‘onaliklar ikkinchi davrada jamg‘arilgan ochkolari sonini 14 taga etkazib oldi. Bu borada Levchenko shogirdlari faqatgina turnir jadvali peshqadami "Nasaf"dan ortda bormoqda.

Shuningdek, "yo‘lbarslar"ning statistikasi amaldagi chempion "Paxtakor" bilan teng. Hattoki, jamoalar to‘plar farqi bo‘yicha ham +5 natijasini ko‘rsatib turibdi.

Vitaliy Levchenko shogirdlari keyingi uchrashuvni "Olimpik" klubiga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv 8 oktyabr kuni Toshkentdagi "Jar" stadionida bo‘lib o‘tadi.

"Neftchi" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!