"Nasaf" bugun yana bir transferni e’lon qilishi mumkin

  • 5 yanvar, 2024, 00:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Nasaf" braziliyalik hujumkor yarim himoyachi Viktor da Silvani o‘z tarkibiga qo‘shib olish arafasida. 

"Sports.uz" nashriga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi bugun shartnomaga qo‘l qo‘yish uchun Qarshiga etib boradi. Unga O‘zbekiston chempionatidan yana ikkita klub qiziqish bildirgan, lekin Silvaga "Nasaf" loyihasi ma’qul kelgan. 

Eslatib o‘tamiz, Viktor oldinroq "Partizani" klubi bilan amaldagi shartnomasini bekor qilib, erkin agentga aylangandi. U ayni paytda O‘zbekistonda. 29 yoshli futbolchi 4 yanvar kuni tug‘ilgan kunini Toshkentda nishonladi. 

photo_2024-01-05_00-51-32

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Тўлқин Хайит
05/01/2024 08:17
Ҳа, трансферларни тезлаштириб машғулотларни бошлаш керак, буёғи оз қолаяпти.
&
Sirojiddin Turayev
05/01/2024 07:18
4-dekabr emas, 4-yanvarda