"Nasaf" gruziyalik legioneri bilan shartnomani bekor qildi

  • 24.07.2024 17:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Superligamizda ayni damda transfer oynasi ochiq. "Nasaf" jamoasi esa Timur Chogadze bilan ikki tomonning roziligi bilan shartnomani bekor qildi va tajribali yarim himoyachining kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Gruziyalik yarim himoyachi Chogadze "Nasaf" safiga joriy mavsum boshida qo‘shilgan bo‘lib, u birinchi davrada  hammasi bo‘lib 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!