“Nasaf” mavqeyini mustahkamlagan va “Paxtakor” stadionida hukmronlik qilgan tur (Muxlislar statistikasi)

  • 4 oktabr, 2022, 11:48
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

29 sentyabr - 3 oktyabr kunlari Superliganing 20-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Peshqadamlikni avvalroq berib qo‘ygan “Navbahor” Toshkentda kutilmaganda “Bunyodkor”dan engildi. AGMK Jizzaxda 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Bekobodliklar “Qizilqum” maydonidan 3 ochko bilan qaytdi. “Nasaf” 21 yillik noxush an’anaga barham berdi. Qarshiliklar Toshkentda “Paxtakor”ni taslim etdi. “Surxon” vodiyda kambek qilishni uddaladi. “Dinamo” Samarqandda “Olimpik”ga qarshi uchrashuvda durang o‘ynadi. “Neftchi” poytaxtda qiyinchiliksiz zafar quchdi.

20221003162327_IMG_7528

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 26023 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3718ni tashkil qiladi.

Aytsak ishonmaysiz, eng ko‘p muxlis Toshkentda. Buning sababi “Nasaf” poytaxtda “Paxtakor” mehmoni bo‘ldi. Bu jamoalar turnir jadvalida bir xil ochko to‘plab 1 va 2-o‘rinlarni egallab turgandi. Shu nuqta’iy nazardan Qashqadaryodan ko‘plab muxlislar keldi. “Ajdarlar” bellashuvda qimmatli 3 ochkoga ega chiqib “Paxtakor” stadionida bayram qildi.

“Paxtakor” – “Nasaf” turning markaziy bellashuviga 11260 tomoshabin tashrif buyurdi.

IMG_2676

Nafaqat muxlislar tashrifi, balki muhimliligi jihatdan kelib chiqsak, Toshkentdagi yana bir bahs ikkinchi o‘rinni egalladi. Xavfli hududga yaqinlashib qolgan “Bunyodkor” chempionlik uchun kurashayotgan “Navbahor”ni qabul qildi. Bu o‘yinda ham mehmonlarning anchagina ishqibozlari jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelgandi. Shu kuni “Jar” stadionida 5657 ishqiboz qayd etildi.

IMG_2629

Eng kam tomoshabin ham Toshkentda. “Lokomotiv” - “Neftchi” bellashuvini 567 tomoshabin tomosha qildi. Bu aslida yangilik emas!

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"Paxtakor" - "Nasaf" 0:1. 11260 tomoshabin

"Bunyodkor" - "Navbahor" 2:1. 5827 tomoshabin

"Qizilqum" - "Metallurg" 0:1. 3825 tomoshabin

"Dinamo" - "Olimpik" 1:1. 1720 tomoshabin

"So‘g‘diyona" - AGMK 0:2. 1700 tomoshabin

"Qo‘qon-1912" - "Surxon" 2:3. 1124 tomoshabin

"Lokomotiv" - "Neftchi" 1:3. 567 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
04/10/2022 11:56
usha kuni. mani bir narsa hayron qolderdi. poytahtlik muhlislar. orasiga tuliq Nasaf muhlislari joylashkan ekan. Nasaf gol uruvdi butun stadiyon bayram qildi. keyin. Pahtakor muhlislari mardlik qildi. kuz oldimga. shu yil Nasaf chempion bulishka haqli. uzi Nasaf davno chempion bulib bulgan dedi. uzi Nasaf har japhaga chempion dedi. hayron qoldim. keyin uylap qorasam agar Pahtakorni kattalari ayrimlari haromlik qilmaganiga. har uyinga muhlis tusharkan. shunchaki. muhlislari. yoshi kattalari mard ekan. ula. chunki ulaga toza fudbol tarafkori ekan ula.