"Nasaf" murabbiyi: Transferlar? Ko‘rpaga qarab oyoq uzatyapmiz

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi Superkubok bahsidan (1:0) so‘ng “ajdarlar” ustozi Shuhrat Toshpo‘latov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Yigitlar oxirigacha kurashdi va buning uchun ularga rahmat aytaman. Golga tortadigan vaziyatlar ko‘p bo‘ldi, ammo tajriba va mahorat etishmadi. Himoyada kontsentratsiyani yo‘qotganligimiz bois darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Tushkunlikka tushish kerak emas. 3 kundan so‘ng, yana “Paxtakor”ga qarshi o‘ynaymiz. Bugungi o‘yindan xulosa chiqarib, Qarshidagi bahsda ijobiy natijaga erishamiz, deb o‘ylayman.

Birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham yigitlar harakat qildi. Oxirgi daqiqada ham yaxshi vaziyat bo‘ldi, afsuski, undan foydalana olmadik.

Hakamlarga baho qo‘yadigan mutaxassislar bor. Bizning ishimiz futbol o‘ynash. Hakamlik borasida e’tiroz yo‘q.

Yangi jamoa shakllantiryapmiz. Yoshlarga imkon berib, ularning tajriba va mahoratini oshirishga harakat qilamiz.  Tarkibni kuchaytirish? Kuchli futbolchi olish uchun mablag‘ kerak. Ko‘rpaga qarab oyoq uzatyapmiz. Iloji yo‘q, yoshlar bilan harakat qilamiz”, – Toshpo‘latov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!