"Nasaf" nazorat uchrashuvida "Qizilqum"ni mag‘lub etdi
Jamoalar Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil qilishdi. Maydonda harakat qilgan barcha futbolchilar bor kuch va mahoratlarini ishga solishdi.
O‘yinni hujumkor boshlagan qarshiliklar 7-daqiqada hisobni ochishdi, bu golni Bobir Davlatov kiritdi. 32-daqiqada raqiblar hisobni tenglashtirishdi, raqib jamoa golini lotin amerikalik hujumchi Medina Smit kiritdi. 38-daqiqada Humoyun Murtozaev "Nasaf"ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakuniga etdi.
Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Sardor Sa’dullaev hisobni ishonchli 3:1 ko‘rinishga keltirdi. Shundan so‘ng uchrashuvda hisob o‘zgarmadi.
Nazorat uchrashuvi
“NASAF” – “QIZILQUM” 3:1
17.03.2019. Qarshi “Markaziy” o‘yingohi
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov
Gollar: Bobir Davlatov (7), Humoyun Murtozaev (38), Sardor Sadullaev (60) – Medina Smit (32)
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov (Azamat Soibov, 80), Jo‘rabek Mannonov, G‘olib G‘aybullaev, Xurshid Muxtorov, Umar Eshmurodov (Alisher Yusupov, 56), Akmal Mozgovoy, Sardor Abduraimov, Xudoyorxon Sagdullaev (Sardor Sadullaev, 56), Bobir Davlatov (Otabek Komiljonov, 78), Doniyor Narzullaev, Humoyun Murtozaev
“Qizilqum”: Evgeniy Cheremesin, Maqsud Karimov, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Sherali Jo‘raev, Erkin Boydullaev, Muxsinjon Ubaydullaev, Alisher Sanoev, Burxon Xasanov, Elgo‘ja Grigoshivili, Medina Smit.
Ogohlantirish: Sardor Abduraimov, Jo‘rabek Mannonov, - Saliim Mustafoev, Muxsin Ubaydullaev.
Chetlatish: G‘olib G‘aybullaev, Muxsin Ubaydullaev.

Fikrlar