"Nasaf" OChL-2022 guruh bosqichiga chiqishi uchun qaysi jamoalar bilan qachon o‘yin o‘tkazadi?

  • 06.12.2021 11:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekistonda joriy yilgi futbol mavsumi yakunlandi. Mamlakat chempioni "Paxtakor" OChL-2022 guruh bosqichida qatnashadi. O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan "Nasaf" OChL plef-offidan yurishini boshlaydi.

Superligada ikkinchi o‘rinni egallagan "So‘g‘diyona" esa OChL-2022 o‘tish o‘yinlarida qarshiliklarning g‘alabasini kutadi. Agar "ajdarlar" guruh bosqichiga yo‘l olsa, Ulug‘bek Baqoev jamoasi OFK kubogida qatanashadi.

Buning uchun Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 5 aprel kuni dastlabki bosqichda "Al Shorta" bilan kuch sinashadi. Agar vakillarimiz g‘alaba qozonsa, 20 aprel kuni pley-offda "Al Garafa"ga qarshi maydonga chiqadi.

5 aprel. Dastlabki bosqich

"Al Zavra" - "Al Jaish"
"Al Shorta" - "Nasaf"

20 aprel. Pley-off

"Al Garafa" - ("Al Shorta" - "Nasaf" uchrashuvi g‘olibi)
"Al Tavun" - ("Al Zavra" - "Al Jaish" uchrashuvi g‘olibi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!