"Nasaf" OChLdagi 9-g‘alabasiga erishdi. Boshqa klublarimizning natijalari qanday?

  • 16 mart, 2022, 00:35
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nasaf" OChL plef-off bosqichida BAAning "Baniyas" klubini taslim etib, guruh bosqichiga yo‘l oldi. Qarshiliklar endi "E" guruhida ishtirok etadi. Ushbu kvartetda "Al Sadd" (Qatar), "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni), "Al Vihdad" (Iordaniya) klublari mavjud.

Tecno

Mazkur muvaffaqiyat "ajdarlar"ga OChLdagi 9-g‘alaba sifatida qayd etildi. Buning uchun "Nasaf"ga 29 ta o‘yin kerak bo‘ldi.

Umuman olganda, klublarimiz orasida "Paxtakor" eng ko‘p g‘alabaga erishgan - 110 o‘yin, 48 g‘alaba. Ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich "Bunyodkor"da 28. "Neftchi", "Lokomotiv" va "Nasaf"da 9 tadan g‘alaba bor.

Qatarda faoliyat yuritayotgan mutaxassis Alisher Nikimbaev o‘zbek klublarining OChL bahslaridagi statistikasini taqdim etdi.

"Paxtakor" 110 ta o‘yin - 48 g‘alaba

"Bunyodkor" 83 ta o‘yin - 28 g‘alaba

"Neftchi" 23 ta o‘yin - 9 g‘alaba

"Lokomotiv" 37 ta o‘yin - 9 g‘alaba

"Nasaf" 29 ta o‘yin - 9 g‘alaba

AGMK 9 ta o‘yin - 4 g‘alaba

"Mash’al" 6 ta o‘yin - 2 g‘alaba  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
16/03/2022 17:32
Наабахор кани хаммасидан яхши натижа курсатган