"Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasini sensatsiya bilan boshladi
O‘zbekistonning «Nasaf» jamoasi kutilmaganda Bahraynning «Al-Xaldiya» klubidan ochko olib, OFK Osiyo Chempionlar Ligasi Ikkinchi divizioni guruh bosqichi birinchi turida durang qayd etdi.
Uchrashuv Riff shahridagi Bahrayn Milliy stadionida bo‘lib o‘tdi. To‘liq 90 daqiqa davomida har ikki jamoa ham bir birining darvozasiga yo‘l topa olmadi.
Bellashuv oldidan esa maydon egalari asosiy favorit sifatida ko‘rilgan edi.
«Nasaf» tarkibidan uchrashuvni asosiy tarkibda quyidagi futbolchilar boshladi: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Akromjon Komilov, G‘olib G‘aybullaev, Adenis Shala, Zafarmurod Abdurahmatov, Bobur Abdixoliqov, Sharof Muhtiddinov, Oybek Rustamov, Abbos G‘ulomov va Umarbek Eshmurodov.
Shu tariqa, «Nasaf» va «Al-Xaldiya» guruh bosqichidagi ilk o‘yindan so‘ng bir ochkodan jamg‘ardi.
«A» guruhida shuningdek BAAning «Al-Vahda» va Kuvaytning «Al-Kuvayt» jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Fikrlar