"Nasaf" o‘z uyida "Buxoro"ni oxirgi marta qachon yutgandi?

  • 08.08.2023 10:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol

Qarshining “Nasaf” jamoasi 10 avgust kuni “Buxoro”ni qabul qiladi. Ikkinchi davrani bir durang va bir mag‘lubiyat bilan boshlagan Ro‘ziqul Berdiev shogirdlariga endi orqaga yo‘l yo‘q. Medallar uchun kurashayotgan jamoa ikkita turda 5 ochkoni yo‘qotdi.

“Nasaf”ning “Buxoro”ga qarshi o‘zaro o‘yinlar statistikasida ustunlik “Ajdarlar” tarafida. Shu kungacha bo‘lib o‘tgan 47 ta uchrashuvda “Nasaf” 24 marotaba g‘alaba qozongan. “Buxoro” o‘zaro uchrashuvlarning 12 tasida zafar quchgan. Yana 11 ta bahsda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 75\43 “Nasaf” foydasiga.

Birinchi davrada Buxoroda bo‘lib o‘tgan bahsda “Nasaf” 0:1 hisobida g‘alaba qozongan. 2019 yili “Buxoro” Qarshida mezbonlarni 1:2 hisobida mag‘lub etgan. Bu esa buxoroliklarning hozircha Qarshidagi yagona g‘alabasi bo‘lib turibdi. Shuningdek, 2020 yili “Nasaf” maydonidagi bahsda 0:0 kuzatilgan. So‘nggi bor o‘z uyida “Buxoro”ni 2018 yilning 9 mart kuni mag‘lub etgan. O‘shanda maydon egalari 3:1 hisobida ustun kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Тулкин Хайит
08/08/2023 14:02
Бердиевни ҳозир айни сахийлиги тутган вақти келаверинглар қуруқ қайтмайсизлар.