
"Nasaf" O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Ushbu mavsum chempioni "Nasaf" tarkibni yanada kuchaytirishga harakat qilmoqda. Jamoa kelasi mavsum uchun bitta tayanch yarim himoyachisi izlayapti. Variantlar orasida "Navbahor" a’zosi ham bor.
"Sports.uz"ga malum bo‘lishicha, Odil Hamrobekovni "ajdarlar" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Klub ko‘zlab qo‘ygan futbolchilar orasida aynan Hamrobekov favorit bo‘lib turibdi. Ammo Qarshi jamoasi kurashda yolg‘iz emas.
"Neftchi" yarim himoyachini o‘z tarkibida ko‘rishni istaydi. Shu bilan birga, ayrim arab klublari ham u bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda.
Hozircha futbolchining kelajagi aniq emas. Sababi, uni "Navbahor" tarkibda olib qolishga harakat qiladi. Ushbu mavsum "lochinlar" tarkibida 35 ta o‘yinda maydonga tushgan Hamrobekov 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Odil "Nasaf" akademiyasidan chiqqan bo‘lib, 2019 yili "Paxtakor"ga ko‘chib o‘tgan. Shundan so‘ng BAAning "Shabab Al-Ahli" klubida ijara asosida to‘p tepib, "sherlar" safiga qaytgan. 2024 yil boshida esa futbolchi "Navbahor" tarkibiga kelib qo‘shildi.
Fikrlar