
"Nasaf" safiga braziliyalik hujumchi qo‘shildi
O‘zbek futbolida transferlar mavsumi ancha qizg‘in kechmoqda. Jamoalar ikkinchi davraga tarkibni kuchaytirmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Nasaf" klubi safiga braziliyalik Mateus Lima Kruz kelib qo‘shildi. Hujumchi qarshiliklar safida ko‘rikdan o‘tmoqda.
Agar futbolchi o‘zini ko‘rsata olsa, tomonlar tez orada shartnoma imzolaydi.
Mateus Lima Kruz Braziliya, Xorvatiya, Serbiya va Isroil klublarida faoliyat yuritgan. Ammo hujumchi bir jamoada ko‘pi bilan 9 ta gol urgan xolos.
Fikrlar