"Nasaf" uchun "Surxon" tayyor "o‘lja"! Ishonmasangiz, statistikani ko‘ring....

  • 03.07.2022 11:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Ajdarlar” ertaga Superliganing qoldirilgan  5-turida Termizning “Surxon” jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv ertaga, 4 iyul kuni Qarshi “Markaziy” o‘yingohida 20:00 da start oladi.

Ushbu jamoalar voha derbisida shu vaqtgacha  22 bor kuch sinashishgan. Shulardan 17 bellashuvda vakillarimiz g‘alaba qozonishgan. To‘rt uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi yaqqol ustunlik ham vakillarimiz tomonida 60:17. “Surxon” klubi “Nasaf”ni faqat bir marta yutgan. 1999 yilgi mavsumda “Surxon” o‘z uyida 3:1 hisobida zafar quchgan. Termizliklarning ushbu g‘alabasi yagonaligicha qolmoqda.

Jamoalar so‘ngi bor 2021 yilning 11 noyabr kuni Termizda bellashishgan unda hisob jangovar 2:2 hisobi qayd etilgan.

E’tiboringizga jamoalarning so‘ngi besh uchrashuvi natijalarini havola qilamiz:

11.11.2021. Surxon — Nasaf - 2:2

15.04.2021. Nasaf — Surxon - 6:0

21.09.2020. Nasaf — Surxon - 5:0

13.03.2020. Surxon — Nasaf - 1:2

27.07.2019. Surxon — Nasaf - 1:3

Yana bir qiziq ma’lumot shundan iboratki, "Surxon" klubi "Nasaf" maydonida o‘tgan deyarli barcha uchrashuvlarda gol ura olmayapti. Ushbu klublar ilk bor 1997 yilgi chempionat to‘qnash kelishgan va o‘shanda Qarshida mezbonlar 4:1 hisobida ustun kelgan. "Surxon" o‘sha o‘yinda gol urgan bo‘yi shuncha yildirki, "Nasaf" mezbonligi ostida o‘tayotgan bellashuvlarda umuman gol ura olmay kelyapti. 

Qarshiliklar o‘z uyidagi oxirgi ikkita uchrashuvdan beri "Surxon"ni o‘ta yirik hisoblarda mag‘lub etyapti. Statistika shuni ko‘rsatyaptiki, "Nasaf" uchun "Surxon" tayyor "o‘lja"...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!